BILINGV MATNLARDA KOD ALMASHINUVI (CODE-SWITCHING)NI ANIQLASHDA SUN’IY INTELLEKT YONDASHUVI
Опубликован 2026-05-31
Ключевые слова
- bilingvizm, kod almashinuvi, sun’iy intellekt, NLP, korpus lingvistikasi
Аннотация
Mazkur tadqiqot bilingv matnlarda kod almashinuvi (code-switching) hodisasini aniqlash va tahlil qilishda sun’iy intellekt yondashuvlarini qo‘llashga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida Buxoro hududidan yig‘ilgan 1000 ta kommentdan iborat bilingv nutq korpusi shakllantirildi. Korpus o‘zbek–rus, o‘zbek–ingliz va o‘zbek–tojik til juftliklarini o‘z ichiga oladi. Tahlil natijasida kod almashinuvi yuqori darajada, ayniqsa yoshlar nutqida faol qo‘llanilishi aniqlandi. Sun’iy intellekt asosida kod almashinuvi holatlarini avtomatik aniqlash modeli taklif qilindi. Natijalar kod almashinuvi ijtimoiy moslashuv va identifikatsiyaning muhim ko‘rsatkichi ekanligini tasdiqlaydi.