Опубликован 2026-05-31
Ключевые слова
- savol generatsiyasi, lingvistik model, matn tuzilishi, sintaktik tahlil, morfologik tahlil, semantik tahlil, tabiiy tilni qayta ishlash, NLP, sun’iy intellect.
Аннотация
Mazkur tezisda savol generatsiyasi jarayoni lingvistik model asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda savol hosil qilish jarayoni matndan axborotni ajratish, uni lingvistik jihatdan qayta ishlash va savol shakliga o‘tkazish bosqichlaridan iborat tizimli jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Taklif etilgan model morfologik, sintaktik va semantik tahlil darajalarini o‘z ichiga olgan holda savol generatsiyasini bosqichma-bosqich tashkil etishga qaratilgan. Tezisda savol turlari, matn tuzilishining o‘rni hamda lingvistik omillarning savol shakllanishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, lingvistik model zamonaviy neyron yondashuvlar bilan solishtirilib, uning afzalliklari va cheklovlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari savol generatsiyasida lingvistik yondashuvlarning muhimligini asoslab, kelgusida gibrid modellardan foydalanish istiqbolli ekanini ko‘rsatadi.