O‘ZBEK ILMIY DISKURSIDA REFERENTSIAL ZANJIRLAR: TUZILISHI, TURLARI VA MATN BIRLASHUVIGA TA’SIRI
Опубликован 2026-06-01
Ключевые слова
- referentsial zanjir; anafora; referent; ilmiy diskurs; matn koheziyasi; o‘zbek ilmiy uslubi; koreferentsiya; nominal zanjir.
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek ilmiy diskursida referentsial zanjirlarning tuzilishi, turlari va matn birlashuviga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot uchta soha texnika, tibbiyot va gumanitar fanlar bo‘yicha 30 ta ilmiy maqoladan iborat korpus asosida amalga oshirildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, o‘zbek ilmiy matnlarida to‘liq nominal zanjirlar (35%) va demonstrativ zanjirlar (28%) ustunlik qiladi. Shuningdek, olmoshli zanjirlarning ulushi esa atigi 10% ni tashkil etadi. Referentsial uzilish holatlari ham tahlil qilinib, ularning asosiy sabablari va bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatiladi. Natijalar o‘zbek ilmiy yozuvining o‘ziga xos referentsial strategiyasini belgilashga yordam beradi.