Опубликован 2021-04-21
Ключевые слова
- Tabiiy tillarni qayta ishlash,
- chekli avtomatlar,
- oʻzbek tili,
- fe’l
Аннотация
Ushbu maqolada tabiiy tillarni qayta ishlash jarayoni (NLP–Natural Language Processing) ning eng muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblangan stemming masalasini oʻzbek tili fe’l soʻz turkumi uchun qoʻllash qaraladi. Oʻzbek tilidagi fe’l soʻz turkumiga oid soʻzlar uchun qo‘shimchalarni qirqib olishga asoslangan stemming algoritmini chekli avtomatlar asosida yaratish masalasi yoritib berilgan. Fe’l soʻz turkumining qoʻshimchalari morfologik qoidalar asosida sinflarga ajratilgan va har bir sinf uchun qoʻshimchalarni qirqishga moʻljallangan chekli avtomatlar qurilgan. Ishlab chiqilgan chekli avtomatlar asosida stemming algoritmi ishlab chiqilgan.