Vol. 1 No. 1 (2025): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

O‘ZBEK TILI FONETIKASINI TTS TIZIMLARI UCHUN FORMALLASHTIRISH

Gulshahnoz Mahmudjonova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Bio

Published 2025-05-02

Keywords

  • fonema, fonologiya, singarmonizim, ohang, urg‘u, formalizatsiya, TTS, konversiya

Abstract

Matndan ovozga aylantirish tizimlari (Text-To-Speech, TTS) o‘zbek tilida sifatli ishlashi uchun ushbu tilning fonetik va fonologik jihatlarini aniq formallashtirish zarur. Ya’ni, o‘zbek yozuvining harflarini fonemalarga birma-bir moslab, tovush o‘zgarishlari, urg‘u va intonatsiya qonuniyatlarini ham aniq belgilash kerak. Tilshunoslikda o‘zbek tilining tovush tizimi yaxshi o‘rganilgan
bo‘lib, unli va undosh fonemalar, ularning xususiyatlari va o‘zaro munosabatlari ko‘plab ilmiy manbalarda yoritilgan. Ushbu maqolada o‘zbek tili fonetik-fonologik tizimi TTS uchun qanday formal ifodalash mumkinligi tahlil qilinadi.